Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qator sud ishlarida prokurorga davlat manfaatlarini himoya qilish vakolati berilmoqda

Qator sud ishlarida prokurorga davlat manfaatlarini himoya qilish vakolati berilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlar ko‘rilishida prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, atrof-muhitni muhofaza etish haqidagi qonunchilik buzilishi, davlat b.djetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash hamda bojxona to‘lovlarini undirishga oid ishlarda ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prokuror sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor etilmagan bo‘lsa, prokuror ushbu ishlarni suddan talab qilib olib o‘rganishi hamda ular bo‘yicha protest keltirishi mumkinligi mustahkamlanyapti.

Majlisda ta’kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi prokuratura organlarining odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga, sudlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qilishga hamda qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunning 2-moddasi prokuratura organlarining asosiy vazifalarini belgilab, unda mazkur idoraga davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan tashqari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish vazifasi ham yuklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring