Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolar osoyishtaligini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanyapti

Fuqarolar osoyishtaligini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanyapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi majlisida «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Loyiha bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning asosiy prinsiplari, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanmoqda, shuningdek fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i belgilanmoqda. 

Ya’ni, tungi vaqtda — sutkaning soat 23:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, shuningdek dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha vaqt oralig‘ida — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

Bunga ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilmoqda. Amalda mazkur huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori fuqarolarga – 113 ming so‘m, mansabdor shaxslarga esa 113 ming so‘mdan 226 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning salomatligi va osoyishtaligini har qanday zararli shovqinlar ta’siridan himoya qilish borasida samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring