Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov finalda o‘zbek bokschisi bilan jang qildi

Bahodir Jalolov finalda o‘zbek bokschisi bilan jang qildi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha «Konstantin Korotkov xotira turniri»ning final janglari tashkil etildi.

Unda erkaklar o‘rtasidagi eng og‘ir vazn toifasida hal qiluvchi bellashuv hamyurtlarimiz Bahodir Jalolov va Lazizbek Mullojonov o‘rtasida kechdi.

3 raund etib belgilangan jang to‘liq davom etdi va unda ochkolar hisobiga ko‘ra Jalolov g‘alaba qozondi hamda turnir chempioniga aylandi.

Ma’lumot uchun, har ikki bokschimiz Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan. Ular uchun Rossiyadagi turnir tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring