Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik top-model Toshkentda qo‘lga olindi

O‘zbekistonlik top-model Toshkentda qo‘lga olindi

Foto:«Hello Russia»

Toshkent xalqaro aeroportida 23-yanvar kuni Londondan uchib kelgan asli o‘zbekistonlik top-model Nadya Nepomnyaщaya qo‘lga olindi.

U davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun ushlangan va jinoyat ishi ochilgan. 29 yoshli Nepomnyaщaya Toshkentga qallig‘i — taniqli kinoprodyuser Maykl Greysi bilan pasportida viza varaqlari to‘lgani sabab uni xorijiy pasportga almashtirish uchun uchib kelgan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ya’ni Nadya fuqarolik pasportida dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi «stikeri»ni rasmiylashtirmasdan, qonunga xilof ravishda, belgilangan tartibni buzib, 2018-yil 9-avgustda Rossiya orqali Angliyaga borgan.

Uning qallig‘i avstraliyalik Maykl Greysining «Buyuk shoumen» filmi uchta nominatsiya bo‘yicha 2018 yilgi «Oltin globus» mukofotini olgan. Hozir Nadya va Maykl Toshkentda.

Chiqish vizasi bo‘lmagan yoki muddati o‘tgan chiqish vizasi bilan yurgan o‘zbekistonlik fuqaro Jinoyat kodeksining 223-moddasiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortilib, eng kam ish haqining 400 barobarigacha jarima va 3 yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring