Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilda 1 trln so‘mlik gaz va elektr o‘g‘irlandi – «O‘zenergoinspeksiya»

Joriy yilda 1 trln so‘mlik gaz va elektr o‘g‘irlandi – «O‘zenergoinspeksiya»

Joriy yilning shu kuniga qadar «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 9 ming 446 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Xususan, 767 mln metr kub tabiiy gaz (748 mlrd 600 mln so‘m) va 335 mln kilovatt-soat elektr energiyasi (251 mlrd 900 mln so‘m) talon-toroj qilingan. Buning natijasida davlat manfaatlariga jami  1 trln 500 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, 2 ming 134 ta ma’muriy qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, natijada 204 mlrd so‘m miqdoridagi jarimalar undirishga qaratilgan.

Inspeksiyaning Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 171 ta holatda 2 mln 823 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Qayd etilishicha, energiya resurslaridan ayrim «tadbirkor»larning noqonuniy va o‘g‘rincha foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar ta’minoti barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatyapti.

Ispeksiya, o‘z navbatida, iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ularni boshqa yo‘llar bilan talon-toroj qilganlik uchun qonunchilikda qat’iy choralar belgilanganidan ogohlantirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring