Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya yana bir qo‘mondonidan ayrildi

Rossiya yana bir qo‘mondonidan ayrildi

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasining 31-havo hujumi brigadasi qo‘mondoni polkovnik Andrey Kondrashkin halok bo‘ldi. Bu haqda Rosgvardiya boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Xodakovskiy xabar berdi.

U qo‘mondonning o‘limi sababi haqida tafsilotlarni oshkor qilmagan.

«Bugun biz uning o‘limi haqidagi xabardan qattiq xafa bo‘ldik. Biz uning oilasi va yaqinlariga, quroldoshlariga hamdardlik bildiramiz», — dedi Xodakovskiy.

Andrey Kondrashkin 1979-yilda tug‘ilgan. 2001-yilda V.F. Margelov nomidagi Ryazan oliy havo-desant qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlagan. U Chechenistondagi harbiy operatsiyalarda ham qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring