Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«To‘polang» suv ombori «O‘zbekgidroenergo» AJga beriladi

«To‘polang» suv ombori «O‘zbekgidroenergo» AJga beriladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 29.03.2021-yildagi «Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi «To‘polang» suv omboridan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 164-son qaror qabul qilindi.

Hujjat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zbekgidroenergo» AJ, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «To‘polang» suv omborini (keyingi o‘rinlarda – ob’yekt) «O‘zbekgidroenergo» AJga uning ustav kapitalidagi davlat ulushini ob’yekt balans qiymatiga oshirish hisobiga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Suv xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligiga «O‘zbekgidroenergo» AJ bilan birgalikda bir oy muddatda ob’yektning barcha inshootlari, asosiy vositalari (mexanizmlar, avtotransport vositalari) va tovar-moddiy boyliklari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini ta’minlash topshirildi.

«O‘zbekgidroenergo» AJga:

a) 2021 yil davomida ob’yektning boshqaruv tizimini o‘z ichiga oluvchi suv resurslarini boshqarish, ob’yektning texnik holati ishonchliligini naturada kuzatish ishlarini muntazam amalga oshirishga qaratilgan nazorat-o‘lchash va seysmik xavfsizlik qurilmalari, lokal xabar berish tizimini avtomatlashtirish hamda qo‘riqlash muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlash ishlari amalga oshirilishini;

b) ob’yektdan foydalanishda:

  • uning xavfsiz va ishonchli ishlashini, jumladan suvni to‘plash va chiqarishda suv omboridan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilinishini;
  • suv omboridan Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotlari va o‘rtacha ko‘p yillik suv sarflariga ko‘ra ishlab chiqilgan va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan jadval asosida suv chiqarilishini;
  • suvning hisobi va hisoboti «To‘polang GESlar kaskadi» UK tomonidan amalga oshirilishini hamda ma’lumotlar tizimli ravishda Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib borilishini ta’minlash topshirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.03.2021 yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring