Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Toshkentda onalar o‘limiga doir holatlar uchun 48 nafar tibbiyot xodimi jazolandi

Toshkentda onalar o‘limiga doir holatlar uchun 48 nafar tibbiyot xodimi jazolandi

2026-yilning to‘qqiz oyida Toshkent shahrida 5 ta onalar o‘limi holati qayd etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan 48 nafar tibbiyot xodimiga intizomiy chora ko‘rilgan.

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 13-noyabrdagi qarorida ma’lum qilingan.

Hujjatda qayd etilishicha, onalar o‘limi Uchtepa, Olmazor, Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarida kuzatilgan.

2025-yilning mos davrida poytaxtda 6 ta onalar o‘limi holati ro‘yxatga olingan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich bittaga kamaygan.

Shuningdek, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Toshkentda 41 993 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloq qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 710 taga kam.

Kengash qarori bilan mas’ullarga homilador ayollarni o‘z vaqtida tibbiy nazoratga olish, yuqori xavf guruhidagi homiladorlarni alohida kuzatish va onalar hamda go‘daklar o‘limini kamaytirish bo‘yicha aniq choralar belgilash topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring