Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Bahodir Beshimovich Eshmuratov «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish va sotish bo‘yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning noyabr oyi oxirlarida Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» aksionerlik jamiyati raisi lavozimidan bo‘shatilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring