Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: Turdimov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi

Rasman: Turdimov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Erkinjon Turdimovning nomzodi bundan avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Bundan tashqari, Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil etildi.

Belgilanishicha, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalaridagi faoliyatiga o‘z vakolati doirasida umumiy rahbarlik qiladi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar ijrosini nazorat qilish va tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, 3 oktyabr kuni Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring