Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmonlar idorasi Ramazon oyi bo‘yicha bayonot berdi

Musulmonlar idorasi Ramazon oyi bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Ramazon oyi bo‘yicha xabar bilan chiqdi.

Unda aytilishicha, idorada muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va Islom dini tartib-qoidalari asosida oyni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.

Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ramazon oyi kirishini astronomik tahlillar asosida kuzatib boradi va uning natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashiga kiritadi.

Ramazon oyi boshlanishi haqidagi xabar Ulamolar kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring