Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Apple asoschisining farzandlari merosdan mahrum qilindi

Apple asoschisining farzandlari merosdan mahrum qilindi

Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning bevasi Loren Pauell Jobsga marhum turmush o‘rtog‘idan ko‘p milliardli meros qolgan edi. Loren Jobs mana shu merosni farzandlariga qoldirmasligini bildirdi.

Uning aytishicha, bir vaqtlar, XIX asrda Rokfellerlar bilan bo‘lgani singari ulkan boylikni bir oila qo‘lida jamlash yaxshilikka olib kelmaydi. Loren Jobs bu boylik unga eridan qolgani va o‘z vaqtida Stiv Jobs ham milliarder boy bo‘lishga intilmaganini aytib o‘tgan. Endi esa u turmush o‘rtog‘idan qolgan boylikdan muhtojlarga yordam berish yo‘lida foydalanmoqchi.

Bloomberg reytingida keltirilishicha, ayni vaqtda Loren Pauell Jobsning boyligi 24 milliard dollardan iborat. U dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 38-o‘rinda turibdi. Loren Pauell Jobsning uch farzandi bo‘lib, o‘g‘li Rid va qizlari Erin hamda Yevaga meros qoldirmoqchi emas.

Manba: lenta.ru

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring