Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)

Fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)

Samarqandda ikki holatda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lib, evaziga ulardan katta miqdordagi pullarni undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yetkazib qo‘yishni taklif qilayotgan firibgarlar qo‘lga olingan.

Xususan, Samarqand shahrida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan shaxs aldov yo‘li bilan Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uni «O‘zbekiston-Ispaniya-Meksika-AQSh» yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa bir holatda esa Samarqand tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan shaxs Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaroni «O‘zbekiston-Turkiya-BAA-Meksika-AQSh» yo‘nalishi orqali Amerikaga yuborish uchun 30 ming AQSh dollari talab qilib, 10 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring