Eron Isroilga va AQShning qator davlatlardagi bazalariga zarbalar bermoqda
Nour News agentligi Eron Isroil tomon o‘nlab raketalar uchirganini ma’lum qildi. Quddusda portlash ovozlari eshitilmoqda. Tel-Avivda raketalardan biri qulagan, portlash keltirgan zarar haqida ma’lumot berilmadi.
Eron, shuningdek, Bahrayndagi AQSh Beshinchi floti xizmat ko‘rsatish markaziga raketa hujumini uyushtirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda Fors ko‘rfazidagi AQShning eng yirik harbiy-dengiz bazasi joylashgan.
Bundan tashqari, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Iroq hududidagi AQSh harbiy ob’yektlariga ham zarbalar bermoqda.
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri osmonida Eron ballistik raketalari tutib qolingan.
BAA va Qatar o‘z havo hududini yopdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter