Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neft-gaz tizimidagi bir qator AJlar qayta tashkil etildi. «O‘zbekneftgaz» barcha aksiyadorlar huquqi himoya ostida ekanini bildirdi

Neft-gaz tizimidagi bir qator AJlar qayta tashkil etildi. «O‘zbekneftgaz» barcha aksiyadorlar huquqi himoya ostida ekanini bildirdi

«O‘zburg‘uneftgaz» AJ, «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ, «O‘zneftmahsulot» AJ, «O‘zneftgazmash» AJlar «O‘zbekneftgaz» AJga qo‘shish yo‘li bilan qayta tashkil etildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Aksiyadorlik jamiyatlarining qayta tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4388-sonli qarorining 3-bandiga muvofiq amalga oshirildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz sohasini rivojlantirish va sohaning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ochib berishdan iboratdir.

Bundan buyon «O‘zbekneftgaz» AJ yuqorida keltirilgan aksiyadorlik jamiyatlarining barcha majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi. Shu jumladan, dividend qarzdorliklarini so‘ndirish bo‘yicha ham.

Shunga ko‘ra, qo‘shilgan jamiyatlarning aksiyadorlari o‘zlariga tegishli dividendlarni olish hamda aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahat uchun «O‘zbekneftgaz» AJning Aksiyadorlar bilan ishlash (Manzil:100125, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li 2-berk ko‘chasi, 143-uy) bo‘limiga yoki (0-371) 231-13-96 telefon raqami orqali murojaat qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring