Koksaki virusi böyiça epidemiologik vaziyat barqaror – Sanepidqömita
Özbekistonda enterovirusli infeksiyalar, jumladan Koksaki virusining tarqalişi böyiça xavotirli holat kuzatilmayapti. Bu haqda Sanepidqömita axborot xizmati maʼlum qildi.
Qömitaga köra, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqaror va nazorat ostida.
Koksaki virusi enteroviruslar guruhiga mansub bölib, bolalarda tana haroratining 39–40 darajagaça kötarilişi, limfa tugunlarining şişişi, köngil aynişi, qusiş va kuçli boş oğriği kabi belgilar bilan namoyon bölişi mumkin. Şuningdek, tanada toşmalar, oğiz, til va milklarda oğriqli yara hamda pufakçalar paydo bölişi, tomoq oğrişi va bola ovqatlanişdan boş tortişi mumkin.
Virus havo-tomçi yöli, iflos qöllar, öyinçoqlar va umumiy idiş-tovoqlar orqali, şuningdek, bemor terisidagi pufakçalar suyuqligi va ajralmalari bilan bevosita aloqada yuqişi mumkin.
Sanepidqömita infeksiyaning oldini oliş uçun qöllarni muntazam sovunlab yuviş, xavfsiz içimlik suvidan foydalaniş va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etişni tavsiya qildi. Qömita fuqarolarni faqat rasmiy manbalardagi işonçli maʼlumotlarga tayanişga çaqirdi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter