Marg‘ilondagi mudhish jinoyat. Viloyat prokurorining katta yordamchisi ma’lumot berdi (video)
Bugun, 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida jurnalistlar uchun davra suhbati tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
Davra suhbatida «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etib, Marg‘ilondagi 1-mehribonlik uyida yuz bergan voqealar bo‘yicha sud ishlari qanday kechayotgani bilan qiziqqan edi.
Farg‘ona viloyati prokurorining katta yordamchisi Anvar Nazarovning ma’lum qilishicha, mazkur masala bo‘yicha ko‘plab OAV xodimlari qiziqish bildirgan. Ular ushbu masala bo‘yicha Bosh prokuraturaga tegishli o‘rganishlar va ma’lumotlarni bergan.
— Hozirgi paytda Marg‘ilondagi 1-mehribonlik uyida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, — deydi A.Nazarov. — Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismi va mansabdor shaxslarga tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari yakunlangan hamda viloyat sudi tomonidan ushbu jinoyat ishi ko‘rilmoqda. Mazkur jinoyat ishiga oid tergov harakatlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq oshkor etilmasdan, jinoyat sudiga taqdim etilgan. U yerda voyaga yetmaganlarning haq-huquqlari bo‘yicha ma’lumotlar tarqab ketmasligining oldini olish maqsadida ba’zi qismlari oshkor etilgan. Ayrim qismlari yopiq sudda ko‘rilmoqda. Bosh prokuraturadan ham vakillar kelgan, tergovchilar va jabrlanuvchilar — hammasi bilan suhbatlar o‘tkazildi. Yakuniga yetgach, albatta, qo‘shimcha ma’lumot beramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter