Ai-80 benzini narxi davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinadi

Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Qarorga ko‘ra 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali benzin narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinadi.
«Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi;
neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isini (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isini) sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi», — deyiladi qarorda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter