Abu-Dabidagi uch tomonlama muzokaralar yakunlandi: asirlar almashiladi
10–11 noyabr kunlari o‘tkazilgan uchrashuv fevral oyidan buyon uch davlat vakillarining ilk uch tomonlama muzokarasi bo‘ldi. Ikkinchi kungi muloqot ikki soatga yaqin davom etgan.
Muzokaralar yakunida Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy matbuot anjumani o‘tkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘z pozitsiyalarini bildirgan, ayrim masalalarda o‘zaro tushunishga erishilgan, boshqalarida esa kelishmovchiliklar saqlanib qolgan.
«Biz yangi keng ko‘lamli asirlar almashinuvi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdik. Uning aniq shartlari yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi», – dedi Medinskiy.
Uning ta’kidlashicha, muzokaralarning markaziy mavzusi Yevropa xavfsizlik tizimi bo‘lgan. Rossiya delegatsiyasi rahbari muloqotlar davom ettirilishini ham bildirdi.
Shuningdek, AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner 12 noyabr kuni Moskvaga borishi ma’lum bo‘ldi. Kushnerning ma’lum qilishicha, ular Rossiyaga tashrifdan so‘ng Dublinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.
Hozircha Ukraina tomoni muzokaralar natijalari va asirlar almashinuviga oid kelishuv yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter