Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura «UzAuto Motors» AJga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi

Bosh prokuratura «UzAuto Motors» AJga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi

Foto: «Xabar.uz»

Bir guruh deputatlar tomonidan «UzAuto Motors» AJda qonunchilik hujjatlarining buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilarning huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotgani yuzasidan Bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yuborilgandi. Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, ushbu so‘rovga Bosh prokuror o‘rinbosari imzosi bilan xabarnoma shaklida javob xati olingan.

— Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha «UzAuto Motors» AJda qonunchilik hujjatlarining buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilarning huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotganligi sababli bir guruh deputatlar (R.Kusherbayev, D.G‘aniyev, N.Jumayev, B.Eshmurzayev, Z.Jalolov, A.Temirov) mazkur masalani Bosh prokuratura mahkamasi tomonidan o‘rganilib, huquqiy baho berilishi va jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligi yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon etishni so‘rab joriy yilning 21-avgust kuni Bosh prokurorga «Deputatlik so‘rovi» yuborgan edik.

Ko‘pchilik saylovchilarni qiziqtirayotgan so‘rov yuzasidan shu yilning 4-noyabr kuni Bosh prokuror o‘rinbosari imzosi bilan xabarnoma shaklida javob xati oldik. Bosh prokuratura tomonidan 28.10.2020 sanasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xabarnomada «UzAuto Motors» AJda o‘tkazilgan tekshirishda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganligi, agar tekshirishdan norozi bo‘lsak, qaror ustidan shikoyat qilishimiz mumkinligi ma’lum qilingan», — deb yozadi Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring