Chiroyli avtoraqamlar savdosi yangi rekordni «urdi»
2022 yilning dastlabki 3 oyida o‘zbekistonliklar 86,7 mlrd. so‘m miqdoridagi avtoraqamlarni sotib olgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yil birinchi choragidagi natijadan 40 foizga, 2020 yil shu davriga nisbatan ikki karra ko‘pdir.
Birinchi chorakda onlayn auksion orqali jami 40 mingdan ortiq kombinatsiya sotilgan. Sotib olingan raqamlar soni 27 foizga oshgan.
2021 yilda 139,4 ming avtoraqamlar xarid qilingan bo‘lib, bu 2020 yilga nisbatan 40 foizga ko‘pdir. Ularning umumiy qiymati 300 mlrd. so‘mga yaqinlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter