Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish xizmati ishga tushdi

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish xizmati ishga tushdi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi «Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish» davlat xizmati ishga tushdi.

Ushbu xizmat orqali fuqarolar haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, o‘z hujjatlarini Ichki ishlar vazirligining hududiy Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga yuborishadi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  • Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
  • 083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.

Portal orqali ariza yuborilgach, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari fuqaroga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirib, nazariy va amaliy imtihonlarga kirishga ruxsat berishadi.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanilganda 10 foiz chegirma tufayli 24300 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring