«Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat ishtirokchilari Samarqand va Buxoroning turizm salohiyati bilan tanishdilar

Turizm qo‘mitasi tomonidan SamAuto hamkorligida va Tegeta Motors ko‘magida tashkil etilgan «Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat loyihasi ishtirokchilari Samarqand va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdilar.
Loyiha ishtirokchilari Samarqand va Buxoroning tarixiy yodgorliklari, hunarmandchilik markazlari, hududlarning o‘ziga xos milliy taomlari hamda mehmondo‘stlik an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida ular o‘z taassurotlari va tavsiyalarini real vaqt rejimida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik bilan bo‘lishdilar. Bu esa, o‘z navbatida Samarqand va Buxoro viloyatlarining turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Mazkur avtosayohat loyihasi turizm orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va Orolbo‘yi mintaqasining jahon hamjamiyatidagi ijobiy imijini shakllantirishga muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter