Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi viloyatlarda eng ko‘p sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Qaysi viloyatlarda eng ko‘p sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

AYoQShlarda sotilayotgan 10 mln tonnaga yaqin yoqilg‘i sifatsiz ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan 9 oyda ayrim xususiy AYoQShlarda 9 mln 150 ming litr neft mahsulotlari sifatsiz ekanligi aniqlanib, ularning iste’molga chiqarilishini oldi olindi, deyiladi «O‘zenergoinspeksiya» xabarida.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 225 ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.

Natijada jami 179 mln 39 ming litr neft mahsulotlarining 9 mln 150 ming litri sifatsizligi bois iste’molga chiqarilmadi.

Sifatsiz neft mahsulotlari eng ko‘p aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring