Qaysi viloyatlarda eng ko‘p sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
AYoQShlarda sotilayotgan 10 mln tonnaga yaqin yoqilg‘i sifatsiz ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan 9 oyda ayrim xususiy AYoQShlarda 9 mln 150 ming litr neft mahsulotlari sifatsiz ekanligi aniqlanib, ularning iste’molga chiqarilishini oldi olindi, deyiladi «O‘zenergoinspeksiya» xabarida.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 225 ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.
Natijada jami 179 mln 39 ming litr neft mahsulotlarining 9 mln 150 ming litri sifatsizligi bois iste’molga chiqarilmadi.
Sifatsiz neft mahsulotlari eng ko‘p aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter