Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Isuzu» va «Kamaz» to‘qnashdi. Haydovchi va chiptachi jarohat olgan

Toshkentda «Isuzu» va «Kamaz» to‘qnashdi. Haydovchi va chiptachi jarohat olgan

Bugun, 9 iyun kuni soat 14:00 lar atrofida poytaxtning Olmazor tumanida Qoraqamish va Beshqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida «Isuzu» rusumli avtobus hamda «Kamaz» yuk mashinasi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

«Toshshahartransxizmat» AJ mutasaddilari voqea joyiga chiqib holatni o‘rgandilar. Dastlabki xulosalarga ko‘ra 18-avtobus saroyi tasarrufidagi 31- yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi K.N boshqaruvda mo‘ljalni to‘g‘ri ololmay, chorrahada to‘xtab turgan «Kamaz» avtomobilining orqa chap burchagiga urilgan.

Xodisa natijasida haydovchi va chiptachi jarohatlangan. Ularga shifoxonada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar yo‘q.

Avtobusga texnik shikast yetgan.

Voqea tafsilotlari yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan batafsil o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring