Toshkentdagi Farhod ko‘chasining bir qismi yopiladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Farhod ko‘chasining bir qismi 10 kundan ortiq muddatga yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Farhod ko‘chasining Shuhrat chorrahasidan «Chilonzor» metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan qismi 18-avgustdan 30-avgustgacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Ko‘rsatilgan muddat ichida ko‘chadan o‘tgan issiqlik tarmoqlari quvurlari yangisiga almashtiriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter