Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda taroveh namozi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Toshkentda taroveh namozi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Muqaddas Ramazon oyi kechalarida taroveh namozlarini ado etish vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida Toshkent shahrida ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Poytaxt IIBB ma’lum qilishicha, joriy yilning 18 fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi qator ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi.

Qaysi hududlarda harakat cheklanadi?

Mirzo Ulug‘bek tumanida — “Tepa” masjidi atrofida Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasigacha.

Bektemir tumanida — “Alibek” masjidi yaqinida M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasigacha.

Yashnobod tumanida — “Islomota” va “Ali ibn Abu Tolib” masjidlari atrofidagi qator ko‘chalar.

Mirobod tumanida — “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” hamda “Qo‘yliq ota” masjidlari yaqinidagi chorrahalar va ko‘chalar.

Sergeli tumanida — “Ma’ruf ota” va “No‘g‘ay qo‘rg‘on” masjidlari atrofida.

Yakkasaroy tumanida — “Usmon bin Ma’zum”, “Yakkasaroy” va “Rakat” masjidlari yaqinida.

Yangihayot tumanida — “Niyozmat ota” masjidi atrofida.

Shayxontohur tumanida — “Shayx Zayniddin (Ko‘kcha)” va “Kamolon” masjidlari yaqinida.

Olmazor tumanida — “Hazrati imom”, “Islomobod” va “Do‘stjonboy (Sulola)” masjidlari atrofida.

Yunusobod tumanida — “Mirza Yusuf” masjidi yaqinida.

Uchtepa tumanida — “Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani)” va “Xazrati Ali” masjidlari atrofida.

Chilonzor tumanida — “Novza”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” hamda “Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar)” masjidlari yaqinidagi yo‘llar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hududlarda faqat maxsus transport vositalari harakatiga ruxsat etiladi.

Poytaxt aholisi va mehmonlaridan ushbu cheklovlarni inobatga olgan holda o‘z harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring