Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo‘lda bir oila is gazidan zaharlandi

Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo‘lda bir oila is gazidan zaharlandi

Foto: Xabar.uz

Qoraqalpog‘iston markazidagi ko‘p qavatli uylarning birida ijarada yashab kelayotgan Nukus davlat pedagogika institutining to‘rt nafar talabasi (hammasi qizlar) xonadonda o‘rnatilgan isitish qozonxonasi quvuridan sizib chiqqan is gazidan zaharlanishdi. Voqelik kecha ertalab ma’lum bo‘lgan.

Kechaning (20-noyabr) o‘zida Yangiyo‘l tumani Qovunchi mahalla fuqarolari yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi bir oilaning besh nafar a’zosi (ota-ona, uch nafar voyaga yetmagan farzand) ham yashab kelgan uyning oshxonasida is gazidan zaharlangani aytilmoqda.

Zaharlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, har ikki holat bo‘yicha (mahalliy prokuratura organlari  tomonidan) tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring