Qoraqalpog‘istonda mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi
Prezidentning 2023-yil 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘istonda mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Bu haqda Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 2023-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 mln so‘mdan ajratiladi.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mahallalarning infratuzilmalarini rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishidagi dasturlar ijrosi va mavjud muammolarning o‘z vaqtida va tezkor hal etilishini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter