Andijon, Paxtaobod va Nurobod tumanlari hokimlari ishdan olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun Paxtaobod tumani hokimi E.Usmonov, Nurobod tumani hokimi Sh.Yuldashev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Prezident qarori asosida davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun Andijon tumani hokimi A.Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter