Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiroqchida ayollar yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Bunga 7 yoshli bolaning o‘limi sabab bo‘lgan

Chiroqchida ayollar yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Bunga 7 yoshli bolaning o‘limi sabab bo‘lgan

Chiroqchi tumani «Qumdaryo» mahallasi Oqtunli qishlog‘ida yashovchi ayrim fuqarolar tomonidan Xo‘jaobod qishlog‘idan o‘tuvchi A-378 «Qarshi – Samarqand» avtomobil yo‘lini to‘sib, avtomashinalar harakatlanishiga to‘sqinlik qilish holati yuz berdi.

2021-yilning 23-aprel kuni Chiroqchi tumani Qumdaryo mahallasi Oqtunli qishlog‘ida yashovchi bir guruh ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotganligi, ular Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun «Qarshi-Samarqand» avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekanligini bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatishgan.

2021-yil 21-aprel kuni «Isuzu» rusumli yuk mashinasi A-378 Samarqand-G‘uzor yo‘lidan Samarqand viloyati tomonga harakatlanayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyodalar yo‘lakchasi orqali kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan, Chiroqchi tumani «Xo‘jaobod» mahallasida yashovchi, Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 140-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi, 2014-yilda tug‘ilgan D.E urib yuborgan. Natijada voyaga yetmagan D.E. og‘ir tan jarohati olib, Chiroqchi tumani Ko‘kdala shifoxonasida vafot etgan.

Shu sababli bir guruh ayollar tuman mutasaddi rahbarlaridan Qumdaryo mahallasi hududidagi maktabning qurilishini tezlashtirish va ishga tushirishni talab qilishib, «Qarshi-Samarqand» avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yishgan. Natijada A-378 avtomobil yo‘lida qisqa muddatga avtomashinalarning xarakatlanishi to‘xtab qolgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring