Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu avvalgi prezidentlarni ham Eronga qarshi gijgijlagan – AQShning sobiq davlat kotibi

Netanyahu avvalgi prezidentlarni ham Eronga qarshi gijgijlagan – AQShning sobiq davlat kotibi

AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bir necha bor AQShni Eronga zarba berishga ko‘ndirishga uringanini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyahu bu masalada AQShning turli prezidentlari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Jumladan, u Barak Obamaga maxsus taqdimot bilan murojaat qilgan, ammo rad javobini olgan.

Kerrining ta’kidlashicha, shu kabi takliflar Jorj Bush va Jo Bayden tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmagan.

Shu bilan birga, u Donald Tramp ushbu pozitsiyaga rozi bo‘lgan yagona prezident bo‘lganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring