Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi

Koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi

Samarqandlik I. shu yilning 19 may kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida og‘ir ahvolda  yotqizilgan. O‘tkazilgan  tahlillar natijasida unda «Covid-19» infeksiyasi tasdiqlangan. Paxtachi tumanida yashovchi  63 yoshli (erkak) ushbu bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironligi bo‘lib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi  tashhisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017-yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, shu yilning 25 may kuni bemorning  ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo bo‘lgan va reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bo‘limda bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan. 

Bundan tashqari, vazirlikning turli yo‘nalishlar bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xodimlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan.

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bemorlar orasida o‘limlar soni 14taga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring