Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Bugungi o‘yinlar anonsi: Inglizlarning kayfiyatini tushiradigan, ruslarnikini ko‘taradigan faktlar bor

JCh-2018. Bugungi o‘yinlar anonsi: Inglizlarning kayfiyatini tushiradigan, ruslarnikini ko‘taradigan faktlar bor

Foto: «fifa.com»

Rossiyada bo‘lib o‘tayogan jahon chempionatining kecha bo‘lib o‘tgan chorak final bahslarida Fransiya Urugvayni, Belgiya esa Braziliyani turnirdan chiqarib yubordi.

Bugun, 7-iyul kuni yana ikki yarim finalchi nomi aniq bo‘ladi.

Kunning dastlabki o‘yinida Shvetsiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Aksariyat muxlislar bu bahsda inglizlarning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Albatta, Angliyaning tarkibi hozir juda ham kuchli. Hujumchi Keyn mundial to‘purari bo‘lib turibdi. U yana gol ursa, Angliya rekordini yangilaydi.

Ammo... Bilasizmi, Shvetsiya terma jamoasi inglizlar uchun doim noqulay raqib bo‘lib kelgan. Rasmiy o‘yinlarda (8 bahs) Angliya terma jamoasi faqat bir martagina (Yevro-2012) shvedlar ustidan g‘alaba qozonishga erishgan. Shuning uchun bugungi bahsda Shvetsiyani osongina hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Qolaversa, bu ikki jamoa ham ancha yillardan beri JCh yarim finaliga chiqa olmagan. Bugun ular shu bosqichdan bir qadam berida turishibdi. Kurash shunga yarasha bo‘ladi.

Taxminiy tarkiblar:

  • Shvetsiya: Ulsen – Kraft, Lindelef, Grankvist, Augustinson – Klayesson, Larsson, Ekdal, Forsberg – Toyvonen, Berg
  • Angliya: Pikford – Uoker, Stounz, Maguayr – Tripe, Alli, Xenderson, Lingard, Rouz – Keyn, Sterling
  • Uchrashuvni niderlandiyalik Byorn Kuypers boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Chorak finalning so‘nggi o‘yini Rossiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Xorvatiya nafaqat ushbu o‘yinda favorit, umuman turnir finaltgacha chiqishga asosiy da’vogar jamoa. Lekin Rossiya terma jamoasi muxlislarini quvontiradigan bir an’ana bor — Xorvatiya musobaqa mezbonlariga qarshi o‘yinlarda muvaffaqiyat qozona olmagan. 1998-yili Fransiya, 2014-yili Braziliya termalariga mag‘lub bo‘lgan.

Taxminiy tarkiblar:

  • Rossiya: Akinfeyev – Fernandes, Kutepov, gnashevich, Kudryashev – Gazinskiy, Zobnin – Samedov, Golovin, Cherishev — Dzyuba
  • Xorvatiya: Subashich – Vrsalko, Lovren, Vida, Pivarich – Modrich, Brozovich, Rakitich – Rebich, Mandjukich, Perishich
  • Uchrashuvni braziliyalik Sandro Richchi boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

7-iyul, shanba

Shvetsiya — Angliya 19:00

Rossiya — Xorvatiya 23:00

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring