Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Bugungi o‘yinlar anonsi: Yaponiya muddatidan avval guruhdan chiqa oladimi?

JCh-2018. Bugungi o‘yinlar anonsi: Yaponiya muddatidan avval guruhdan chiqa oladimi?

Foto: «fifa.com»

Jahon chempionatining bugungi kun dasturidan odatdagidek uchta o‘yin o‘rin olgan.

Dastlab, «G» guruhida angliyalik futbolchilar Panama terma jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Aksariyat futbol muxlislari fikriga ko‘ra, Angliya 1-turda eng chiroyli o‘yin ko‘rsatgan jamoalardan biri bo‘lgan. Bugungi bahsda ham ular ijrosida chiroyli hatti-harakatlar guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Keyingi ikki bahs «H» guruhi doirasida kechadi. Bu guruhda 1-turda kutilmagan natijalar qayd etildi. Favorit sanalgan Polsha va Kolumbiya mag‘lubiyatga uchradi. Aksincha, Yaponiya va Senegal uch ochkodan qo‘lga kiritdi. Bugun aynan ular o‘zaro bahslashadi. G‘olib jamoa nimchorak finalga muddatidan avval yo‘l olishi ham mumkin. Bu Yaponiya bo‘ladimi yoki Senegal, bahs yakunida bilib olamiz.

JCh-2018. 2-tur

17:00. Angliya – Panama

20:00. Yaponiya – Senegal

23:00. Polsha – Kolumbiya

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring