Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Nimchorakning so‘nggi bahslari: Angliya qanday karomat ko‘rsatadi?

JCh-2018. Nimchorakning so‘nggi bahslari: Angliya qanday karomat ko‘rsatadi?

Foto: «fifa.com»

Bugun, 3-iyul kuni jahon chempionatining nimchorak final bosqichida so‘nggi bahslar o‘tkaziladi.

Dastlab Shvetsiya hamda Shveysariya o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bahs oldidan har ikki jamoa tarkibida ham yo‘qotishlar bor. Shvetsiya tarkibida jarohati sabab Sebastyan Larsson maydonga tusha olmaydi. Jarohati bo‘lmaganida ham u diskvalifikatsiya sabab o‘yinni o‘tkazib yuborgan bo‘lardi. Maydon markazida uni Gustav Svensson almashtirishi mumkin.

Vladimir Petkovicha jamoasida ahvol bundan ham og‘irroq. Ikki asosiy himoyachi – Lixtshtayner va Sher diskvalifikatsiya sabab o‘yinni tribunada kuzatadi. Ularni Lang va Juru almashtirishi mumkin. Shuningdek, Stiven Suberda ham kichik jarohat bor.  

SHVETSIYA – SHVEYSARIYA
3-iyul. Sankt-Peterburg. «Sankt-Peterburg» stadioni. 19.00
Hakamlar: Skomina, Vukan, Praprotnik (barchasi – Sloveniya).

Taxminiy tarkiblar

Shvetsiya: Olsen – Lustig, Lindelef, Grankvist, Augustinsson – Klayesson, Svensson, Ekdal, Forsberg – Berg, Toyvonen

Shveysariya: Zommer – Lang, Juru, Akandji, Rodriges – Behrami, Jaka – Shakiri, Jemaili, Embolo – Gavranovich


Nimchorak final doirasidagi oxirgi o‘yin esa Angliya va Kolumbiya o‘rtasida kechadi. Ushbu muhim uchrashuvda katta ehtimol bilan kolumbiyaliklar yetakchisi Xames Rodriges maydonga tusha olmasligi mumkin. Yarim himoyachi Senegalga qarshi kechgan bahsda jarohat olgan. Tekshiruvlar jarohat jiddiy emasligini ko‘rsatdi, ammo muhim bahsga futbolchi qanchalik tayyor bo‘la oladi, hali ayonmas.

Angliyada esa aksincha, jarohati sabab oxirgi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan Dele Alli safga qaytdi.

Qiziqarli faktlar:

  • Xose Pekerman boshqaruvida Kolumbiya biror marta Yevropa terma jamoalariga mag‘lub bo‘lmagan (6 g‘alaba, 2 durang).
  • Angliya JCh pley-off bosqichlarida so‘nggi 8 o‘yindan faqat 2 tasida g‘alaba qozongan.
  • Harri Keyn ushbu JChda deyarli har 30 daqiqala gol uradi.

KOLUMBIYA – ANGLIYA
3-iyul. Moskva. «Spartak» stadioni. 23.00
Hakamlar: Geyger (AQSh). Fletcher (Kanada), Anderson (AQSh).

Taxminiy tarkiblar

Kolumbiya: Ospina – Arias, Mina, D.Sanches, Modjika – K.Sanches, Uribe – Kuardado, Kintero, Muriel – Falkao

Angliya: Pikford – Uoker, Stounz, Maguayr – Tripper, Loftus-Chik, Xenderson, Yang – Sterling, Lingard — Keyn

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring