Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu va Messi bugun noxush an’anani yo‘qqa chiqara oladimi?

Ronaldu va Messi bugun noxush an’anani yo‘qqa chiqara oladimi?

Foto: «Life.ru»

Qiziqarli statistika: Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi va Portugaliya yetakchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichida shu vaqtgacha birorta gol ura olmagan.

Ikki futbolchi umumiy 1000 daqiqadan ortiq vaqt davomida ushbu bosqich bahslarida harakat qilishgan, ammo jahonning so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli futbolchilariga buncha vaqt gol urish uchun kamlik qilgan yoki bu shunchaki bir omadsiz an’anaga aylangan. Xo‘sh, bugun ular noxush an’anani yo‘qqa chiqara olishadimi?

Bu savolga javobni bugun, 30-iyun kuni soat 19:00 da boshlanadigan Argentina – Fransiya va soat 23:00 da boshlanadigan Urugvay – Portugaliya bahsida bilib olamiz.

Hozircha, JCh-2018ning guruh bosqichida Ronaldu to‘rtta, Messi esa bitta gol muallifi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring