Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Argentina Maduroni hibsga olish uchun order so‘radi

Argentina Maduroni hibsga olish uchun order so‘radi

Argentina Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuroridan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olish uchun order berishni so‘radi, deb xabar berdi mamlakat tashqi ishlar vazirligi.

Vazirlik so‘rov sababi sifatida «insoniyatga qarshi jinoyatlar deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan» harakatlarni ko‘rsatdi. Argentina Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Venesuelaning yuqori martabali amaldorlarini hibsga olishga order berishga chaqirdi.

Hukumat eslatmasida Argentina so‘rovi «28 iyul kuni Venesuelada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin sodir bo‘lgan voqealar»ga asoslangan. Markaziy saylov komissiyasi Maduroni g‘olib deb e’lon qildi, muxolifat yetakchilari esa ularning nomzodi Edmundo Gonsales ikki baravar ko‘p ovoz olganini aytishgan. So‘ng mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, politsiya va harbiylar bilan to‘qnashuvlarda kamida 16 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi. 2 ming kishi hibsga olinib, qattiq tartibli qamoqxonalarga yuborildi. Maduro bu odamlar «kechirilmaydi» deb e’lon qildi.

Argentina Maduroning saylovlardagi g‘alabasini tan olmagan birinchi davlat bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring