Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. «Nemis mashinasi» uyg‘ondi (video)

JCh-2018. «Nemis mashinasi» uyg‘ondi (video)

Foto: «fifa.com»

Jahon chempionatining «F» guruhidan o‘rin olgan Germaniya va Shvetsiya o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi.

Amaldagi jahon chempionlari ushbu bahs oldidan qiyin ahvolga tushib qolgan edilar. Meksikadan birinchi turda uchralgan mag‘lubiyat germaniyaliklarga 2-turda faqat g‘alaba qozonish shartini qo‘ygandi. Chunki bu o‘yin vaqtiga kelib, Meksika o‘z ochkolari sonini 6 taga yetkazib olgan, Shvetsiyada ham 3 ochko bor edi. Navbatdagi mag‘lubiyat nemislarni mundialni guruh bosqichidan tark etishga majbur qilardi.

Shunday qaltis vaziyatda boshlangan 2-tur o‘yini Yoxim Lyov shogirdlari uchun yanada og‘ir sinovlarni taqdim etdi. Shvetsiya birinchi bo‘limda hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlarida «nemis mashinasi» hisobni tenglashtira oldi. Shundan so‘ng o‘yin yanada shiddatli ko‘rinish oldi. Uchrashuvning 82-daqiqasida Germaniya yana bir zarbaga uchradi: jamoaning asosiy himoyachisi Boateng maydondan chetlatildi. Ammo faqat oldinga intilgan nemislar so‘nggi soniyalarda g‘alabani ilib ketishdi. Belgilangan jarimadan Toni Kross qoyilmaqom tarzda gol urdi. Bu muvaffaqiyat «nemis mashinasi»ni qayta tiriltirdi.

«F» guruhi

Germaniya - Shvetsiya 2:1

Gollar: Ola Toyvonen 32, - 0:1. Marko Roys 48, - 1:1. Toni Kroos 90+5, - 2:1.

Germaniya – 1.Manuel Noyer, 18.Yozua Kimmix, 17.Jerom Boateng, 16.Antonio Ryudiger, 3.Yonas Xektor (Yulian Brandt, 87), 8.Toni Kroos, 19.Sebastyan Rudi (21.Ilkay Gyundogan, 31), 7.Yulian Draksler (23.Mario Gomes, 46), 11.Marko Roys, 13.Tomas Myuller, 9.Timo Verner,

Shvetsiya – 1.Robin Ulsen, 2.Mikael Lustig, 3.Viktor Lindelyof, 4.Andreas Grankvist, 6.Lyudvig Augustinsson, 8.Albin Ekdal, 7.Sebastian Larsson, 17.Viktor Klasson (21.Jimmi Durmaz, 74), 10.Emil Forsberg, 20.Ola Toyvonen (11.Yon Gvidetti, 78), 9.Markus Berg (22.Kiyese Telin, 90)

Ogohlantirishlar: Albin Ekdal 52, Jerom Boateng 71,

Chetlatish: Jerom Boateng 82.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring