Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Xorvatiyadan feyr-pley va guruhda 100 foizlik natija

JCh-2018. Xorvatiyadan feyr-pley va guruhda 100 foizlik natija

Foto: «Reuters»

Muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal etgan Xorvatiya Jahon chempionatining «D» guruhidan o‘rin olgan qiziqarli 3-tur bellashuivda islandiyaliklarni ham taslim etdi.

Aslida Xorvatiyaning bu o‘yinda yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q edi. Murabbiy ham asosan zaxira o‘yinchilariga imkon berdi. Islandiya uchun esa hayot-mamot o‘yini edi bu. Islandlar g‘alaba qozonsa, pley-offga chiqish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin edi. Biroq Xorvatiya bu o‘yinda osonlikcha mag‘lub bo‘lib, narigi juftlikka pand berishni istamadi va o‘ziga xos feyr-pley namoyish etib, nafaqat mag‘lubiyatga uchramaslikni, balki g‘alaba qozonishni ham uddaladi. Shu tarzda Xorvatiya o‘z tarixida birinchi marta guruhda 100 foizlik natija qayd etdi. Islandiya esa uyiga qaytadigan bo‘ldi.

«D» guruhi. 3-tur.

Islandiya – Xorvatiya 1:2

Gollar: 0:1 – 53 Badel, 1:1 – 76, Sigurdsson (penalti), 1:2 – 90 Perishich.

Islandiya – Xalldoursson, Sevarsson, Ingason, Sigurdsson (Sigurdarson, 71), Magnusson, Xadlvredsson, Gunnarsson, Gudmundsson, Sigurdsson, Byarnason (Traustason, 90), Finnbogason (Gudmundsson, 85).

Xorvatiya – Kalinich, Yedvay, Chorluka, Chaleta-Sar, Pivarich, Badel, Modrich (Bradarich, 65), Kovachich (Rakitich, 82), Pyasa (Lovren, 69), Perishich, Kramarich.

Ogohlantirishlar: Pyasa (14), Xadlvredsson (59), Finnbogason (64), Yedvay (83), Sevarsson (84).

Xorvatiya terma jamoasiga pley-offning dastlabki bosqichida Daniya raqiblik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring