Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek futbolida videotakrorlar tizimi joriy etiladi

O‘zbek futbolida videotakrorlar tizimi joriy etiladi

Foto: «Sports.ru»

Bugun, 18-aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston superligasi klublari rahbarlari, hakamlar va nazoratchi hakamlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda ham videotakrorlar tizimini joriy etish haqida so‘z borgan. Avvaliga bu markaziy o‘yinlar uchun sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.

Yig‘ilishda shuningdek, hakamlik sohasi, muxlislar, marketingni rivojlantirish, superliga uchrashuvlari targ‘ibotini kuchaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

«So‘nggi paytlarda Superliga bahslarida yana xatolar, biror bir jamoaga yon bosish, o‘yindan tashqari holatlarni aniqlashda xatoliklar aniqlanmoqda. Uchrashuvlar yakuniga yetganidan so‘ng menga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Mana asta-sekin muxlislarimiz stadionga qaytmoqdalar. Bu hakamlarga ham bog‘liq. Ularning birgina hushtagi evaziga o‘sha muxlislar yana futboldan uzoqlashib ketishlari mumkin. Shuning uchun, o‘z ustingizda yanada ko‘proq ishlashingiz lozim. Biz har bir o‘yinni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Bizga halol o‘yinlar va odilona hakamlik kerak. Yon bosishlar, atayin qilingan xatolarga nisbatan keskin chora ko‘ramiz.

Mana, yosh hakamlarimiz yetishib chiqmoqda. Birgina xato sabab ularni o‘yinlardan chetlatib yuborish fikridan yiroqmiz. Aksincha, tajriba to‘plashsin. Pro Liga, ayollar futboli uchrashuvlarida mahoratlarini toblab olishsin.

Agar malakali hakamlar kam bo‘lsa, markaziy uchrashuvlar uchun chetdan ham hakam olib kelishga tayyormiz. Bu borada sizlardan taklif kutib qolaman», – deb aytgan MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov hakamlarga qarata.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring