Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat bo‘yicha xavotir bildirdi

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat bo‘yicha xavotir bildirdi

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi sababli chuqur xavotirda ekanligini bildirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan bayonotda aytilgan.

«Tomonlarni zo‘ravonlikka chek qo‘yish, vaziyatni beqarorlashtirishdan saqlanish va bundan buyon qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda musulmon olami uchun muqaddas hisoblangan Iyd al-Fitr arafasida mojaroni hal etish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.

Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini – status-kvoga rioya etilishini ta’minlash zarur, deb hisoblaymiz.

Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq me’yorlari, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyusiyalar hamda «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili asosida hal etilishi lozim», deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Isroilning havo hujumlaridan 20 falastinlik, shu jumladan, to‘qqiz nafar bola halok bo‘lgani xabar qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring