Avtobusning daraxtga urilishi aks etgan video e’lon qilindi (video)
26 iyul kuni Toshkentda yo‘lovchi avtobusining daraxtga borib urilgani haqida xabar bergan edik.
So‘ng, ushbu hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi. Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan «Mercedes-Benz» rusumli avtobus 1-sonli «Baxt uyi» (sobiq 1-FHDYo) qarshisida daraxtga borib urilgan, natijada singan daraxt avtobus va shu yerga qo‘yib ketilgan «Cobalt» avtomobili ustiga qulagan. Yengil mashina ichida bu vaqtda hech kim bo‘lmagan.
Avtobus salonida esa 16 kishi bo‘lgan. Voqea joyiga eng yaqin bo‘lgan Tekstil kombinati shifoxonasiga uch kishi, 16-shahar tez tibbiy kasalxonasiga to‘qqiz kishi olib borilgan. Ulardan bir kishining oyog‘i singani aniqlangan.
«Repost.uz» ushbu hodisa aks etgan videoni taqdim etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter