Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BAAdagi janjal sabab 8 o‘zbekistonlik umrbod qamaldi

BAAdagi janjal sabab 8 o‘zbekistonlik umrbod qamaldi

Videodan kadr.

Dubaydagi janjal sabab 8 o‘zbekistonlik umrbod qamaldi.

Tashqi ishlar vazirligi BAAdagi janjal sabab qamalgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha izoh berdi. 

Ba’zi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Dubaydagi fuqarolarimizning sudlanishiga doir turli xil ma’lumotlar tarqalmoqda.Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida TIV izoh berdi.

Aytilishicha, 2025-yilning aprel oyida Dubayda ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosiga 21-yanvar kuni sud hukmi bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, bitta fuqaroga 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi. 

Hozirda, tegishli idoralar va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan vaziyatni to‘liq o‘rganish va fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda Dubay shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birining hududida o‘zbekistonliklardan iborat ikki jinoiy guruh o‘rtasidagi to‘qnashuv kelib chiqib, bir kishi pichoq zarbasi oqibatida vafot etgani, yana bir kishi komaga tushib qolgani haqida ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring