Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura 17 yoshli qizning zo‘rlangani bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Bosh prokuratura 17 yoshli qizning zo‘rlangani bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Xorazmning Yangiariq tumanida 2006 yilda tug‘ilgan qiz bir necha erkak tomonidan zo‘rlanganligi haqidagi xabarlar jamoatchilik orasida keng muhokama bo‘lmoqda.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Xorazm viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan ushbu holat bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan avvaldan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida 8 nafar shaxs gumonlanuvchi, 3 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan.

3 nafar ayblanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

«Shuningdek, jinoyat ishi doirasida bir qator murakkab ekspertizalar o‘tkazish jarayoni ketmoqda va holatga aloqador shaxslar batafsil so‘roq qilinmoqda. 

Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi.

Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan», deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda voyaga yetmagan qiz guruh bo‘lib zo‘rlangani haqida xabar tarqalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring