Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘stonliqda gaz-havo chaqnashi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Bo‘stonliqda gaz-havo chaqnashi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Bugun, 30-yanvar kuni soat 08:20 larda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onidagi ikki qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Yuzaga kelgan kinetik zarba oqibatida xonadon devor va shiftiga zarar yetgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgan. Chaqnash oqibatida turli darajada tan jarohati olgan 4 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» xodimlari yetib borgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring