Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda ikki mashina to‘qnashib, yonib ketdi. Qurbonlar bor

Buxoroda ikki mashina to‘qnashib, yonib ketdi. Qurbonlar bor

Buxoro viloyatining Jondor tumanida kecha, 23-iyun kuni Peshku tumanida yashovchi A.R. «Neksiya» rumumli avtomashinasini «Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» yo‘lining 292-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Oqibatda qarshisidan kelayotgan, Olot tumanida yashovchi J.B. boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-21011» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan va ikkala avtomashinada yong‘in kelib chiqqan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yuz bergan avtomashinalar to‘qnashuvida «VAZ-21011» avtomashinasi yo‘lovchisi, Olot tumanida yashagan L.K. olgan jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan, «Neksiya» avtomashinasi yo‘lovchisi, Qorako‘l tumanida yashagan A.J. jarohat olib, shifoxonaga keltirilganida vafot etgan hamda avtomashina haydovchilari A.R. va J.B. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring