Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda soxta «gazchi» aholini aldab yurgani aniqlandi

Buxoroda soxta «gazchi» aholini aldab yurgani aniqlandi

Buxoro viloyatining Romiton tumanida kecha, 23-iyun kuni tuman MIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil aprel oyida Romiton tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, «Innovatsion gaztexservis» MChJ texnik xavfsizlik boshlig‘i Sh.O. jinoyatga qo‘l urdi.

Qayd etilishicha, u shu tumanda yashovchi X.A.ning uyiga kelib, o‘zini «tuman gaz ta’minoti xodimi» deb tanishtirib, uning gaz hisoblagichini qiyoslovdan o‘tkazib berish uchun aldash yo‘li bilan 43 000 so‘m pulini olgan hamda shu yil may oyi boshida shu tumandagi qishloqda yashovchi N.R.ga gaz ta’minotidan qarzi borligini aytib, undan aldash yo‘li bilan 1 185 000 so‘m pulini olib, abonent kartasiga kirim qilmasdan pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, gumondor Sh.O. ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring