Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda xotini bog‘lab qo‘ygan erkak vafot etdi

Buxoroda xotini bog‘lab qo‘ygan erkak vafot etdi

Shu yilning 7-iyun kuni soat 15:10 larda Buxoro viloyati, Jondor tuman IIB navbatchilik qismiga Oqtepa MFYda yashovchi 45 yoshli Sh.R. yashash uyida vafot etganligi haqidagi xabar kelib tushgan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida marhum Sh.R.ning turmush o‘rtog‘i L. B. uning mast holatda uyda ekanligini ko‘rib, janjallashmaslik uchun temir karavatga uning oyog‘, qo‘l va bo‘yin qismidan kapron ip bilan bog‘lagan, uyida qarovsiz holda qolgan Sh.R. temir krovatdan turishga harakatlangan vaqtida bo‘yin qismini siqilishi natijasida vafot etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring